Iso allayhisalom haqlaridagi gap

Assalomu alaykum! Savolim shuki din tarixi darsida ustozim shunday savol berdilar. Iyso allayxisalom saxobalari davrasida o‘tirganlarida, ularga k,arab "Non bu mani tanam, vino bu mani k,onim" degan ekanlar. Ana shu savolning tagida Nima borligini asos bilan, bilib kelinglar dedilar. Men bu savolni "Mariyam" surasida k,idirib ko‘rdim ammo xech narsa topa olmadim. Iltimos shu savolimga javob bersangiz. Allohim ilmingizni ziyoda k,ilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Islom ta’limoti bo‘yicha bunday so‘z yo‘q. Nasorolarni buzilgan, har xil to‘qima qo‘shimchalar qo‘shilgan ta’limotlarida shunday so‘zlar bor. Musulmonlar uchun bunday savol berish yoki bunday gaplarga ishonishi yoki bu kabi savollarga sho‘ng‘ishi joiz emas. U gap Iso alayhissalomga qilingan tuhmat.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:54 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar