Lat eyish

Assalomu alaykum! O‘tgan haftada o‘rtog‘im bilan basseynga borgandim shunda bexosdan oyog‘im lat edi, kecha doktorga borgandim tizzangni davolash kerak deb dori-darmon yozib berdi. Kechadan beri o‘yog‘imni elastik bint bilan bog‘lar yuribman. Hozirda ukol olyapman. Menga vaqtinchalik cho‘milma deb ogohlantirdi (10-kuncha). Maboda shu holda tushda ehitilom bo‘lib qolsa g‘usl qilinadimi suvda vaqtincha cho‘milmagin degandi. Javobingiz uchun rahmat Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha joyga tselofan skochlab qolgan joylaringizni yuvishingiz farz. Skoch va tselofanni olgach, o‘sha joyga mash tortib qo‘yishingiz ham farz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:55 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar