To‘ydan oldingi shartlar

Assalomu alaykum! Qiz uzatayotganda kelinning ota onasi kuyovga xali nikox o‘qilmay turib, shariatga zid bo‘lmagan quyidagi shartlarni qo‘yishi(chiroyli muomala bilan) va kuyov rozi bo‘lgan taqdirda undan va’da olishi ayb emasmi? 1. Qizimni xaqqiga doim va vaqtida rioya qilasan (moliyaviy masalalarda imkon bo‘lishi bilan). 2. Qizni ilm olishi uchun imkoniyat yaratib berish. 3). Qizning bo‘yniga o‘zinig vazifasidan ortiqchasini agar unga kuchi yoki vaqti etmasa yuklamaysan. Ba’zi oilalarda bitta kelin eri bolalaridan tashqari, qaynilariyu, qaynoapalarini, ularning bolalarini kiyimlari, ovqatlanishlari, ularni ketidan yig‘ishtirishga mas’ul (aniqrog‘i majbur) qilib qo‘yishadi(doimiy ravishda), yana kech tushgach tinkasi qurigan ayolidan ochilib sochilib turishini kutadi, bechora qachon dam oladi? 3). Agar qaynona va o‘sha tomon qarindoshla kelinga zulm o‘tkazishsa, xech kimga ozor etkazmay uni ximoya qilasan (chidasen shu demaysan). Afsuski bizda erlar xotinnni xo‘jayini ekanliklarini davo qilishadiyu, lekin ximoya qilisholmaydi. 4). Ayolga og‘irlik qiladigan uy yumushlarini(gilam yuvish, erining avtomobilini yuvish, og‘ir buyumlar ko‘tarish) yuklamaysan. 5). Ayol bo‘lgani uchun o‘zingdan ko‘ra ikkinchi darajali (past tabaqa) sanamaysan, qo‘l ko‘tarmaysan, Alloh buyurgandek muomala qilishga doim xarakat qilasan. Albatta Allohni tanigan, Undan qo‘rqqan yigitlarga bunday shart qo‘yish shart xam emas, lekin xamma xam birday bilimli emas. Yana bunaqa kelishuvga borishdan maqsad qizni ovoldim xoxlagancha muomala qilaman chunki shariatta er xo‘jayin, deb o‘ylidigan ba’zi musulmonlarga mas’uliyatni bildirish. Albatta agar kelin bu og‘irlik va zulmlarga chidasa savob olar, lekin bu yuklarni yuklagan odam gunox olmaydimi? Kelishib bir birini avaylab yashashga nima etsin, axir mexribon Alloh ayollarini xam bekorga xaq xuquqli qilib qo‘ymaganku. Bu ketishda qachon chiroyli islomiy oilalar vujudga keladi, ortiqcha charchoq va asabbuzarliklar bilan qachon va qanday qilib farzandlarni chiroyli va ilmli qilib tarbiyalasin. (iltmos telegramga qo‘yin)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Asosiysi erning diyonati. Agar haqiqiy dindor bo‘lsa sizlar shart qo‘ymasangizlar ham albatta shariat chegarasida bo‘ladi. Dindor bo‘lmasa qo‘yiq va’dani berib, to‘ydan keyin bilganini qilaveradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:56 | Savol-javoblar | 128 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar