Namozda turganda bolam ustimga chiqib olsa

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, namoz vaqtida yoshiga to‘lmagan farzandim tizzamga o‘tirib olsa yoki sajda vaqtida ustimga opichib olsa o‘zining tushishini poylaymi yoki o‘zim sekin olib qo‘yaymi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sajdada ekanliklarida nabiralari minib olib o‘zi tushmagunicha sajdadan turmaganlari rostmi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Olib qo‘yaverasiz. Bu bilan namoz buzilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 143 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar