Hijob

Assalomu alaykum! Agar xo‘jaynim xijob kiyishimga rozi bo‘lsalaru, u kishining yaqinlari qarshi bo‘lsalar, bunday xolatda kimga quloq  solish kerak? Qur’oni karimda xijob kiyish ayol kishi uchun farz ekanligini yaqinlarimizga qanday tushuntiraylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo Qur’on karimda ochiq-oydin oyatlar bilan ayol kishi yuzi, ikki kafti va oshig‘idan pastidan tashqari hamma joyini berkitishini farz qilgan. Buni inkor qilish kufr, qarshi chiqish Alloh taoloning amriga qarshi chiqish hisoblanadi, farz ekanligini tan olib, nimalarnidir bahona qilsa gunohi kabiraga qo‘l urgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 04:54 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar