Payg‘ambarimizga bo‘lgan muhabbatimizni qanday bilamiz?

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlardan birortangiz men unga ota-onasidan, bolasidan va hamma odamlardan mahbub bo‘lmagunimcha komil mo‘min bo‘la olmaydi», deganlar. Ustoz biz haqiqatdan ham payg‘ambarimizni ota-onamizdan ham, o‘zimizning jonimizdan ham ustun ko‘rishimizni qanday bilishimiz mumkin? Biron bir ish qilishimiz kerakmi yoki qandaydir alomatlari bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘zining o‘ylaganini tark qilib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganni qilish ishlarining barchasi o‘sha alomatdir.

26 May 2022, 17:16 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar