Taloq qilganimdan keyin ota-onam yashashga majbur qilishsa
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ushbu kilayotgan xayrli ishlaringizni Alloh ajru savoblarini bersin. Meni savolim shuki men 2011-yil oila qurganman turmush musht deyishadi shu xolatlar bizlarni xayotimizda xam ozmi ko‘pmi bo‘lib turgan shu turmush davomida ayolim bilan gap talashib arazlashib qolgan payitlarimiz xam bo‘lgan. O‘sha payitlarda bir mas’ala eshitgan edim. Erkak kishi ayoliga, bor ket sen bilan yashamiyman, ko‘zimga ko‘rinma degan gaplarga xam taloq tushadi deb eshitgan edim. Vaxolanki bunday gaplarni shaxsan men chin yurakdan aytmaganman, uni qo‘rqitish maqsadida aytganman. Shu mas’alani eshitgandan keyin oilam bilan shubxa gumonlar sababli kelishib nikoxni yangilab olgandik. Oradan yana vaqtlar o‘tib ayolim kechirilmas xato qilgan edi ota onam qattiq turib oldilar. Ular “kechirmaseng bo‘lmaydi, o‘rtada 2 nafar farzanding bor” deb qo‘yarda qo‘ymay bizni oilamiznin tiklab qo‘yishdi. Oradan yana vaqtlar o‘tib oilam bilan urush janjal boshlanib ketdi. Oilamni qayta tiklanishiga sababchi bo‘lgan otamga gap qaytarib otamni xam behurmat qilib yuborgan edi. Bu xolatni ko‘rib chiday olmadim va ayolimga bor ket yashamiman sen bilan ming taloqsan degan edim. Endi otam o‘zlari olib kel yashagin farzandlaringni etim qilmagin men kechirganman deyapti. Iltimos menga yordam beringlar juda xam qiyin vaziyatda qoldim. Ayolim bilan yashamiman desam ota onam qattiq qarshilik qilishyapti, yashayman desam o‘zimni ko‘nglim bo‘lmayapti. Men ayolimga 3-taloqni bo‘lib bo‘lib aytgan bo‘lamanmi yoki bunday bo‘lmaydimi? Shuni xam batafsil tushuntirib bersangizlar iltimos. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayolingiz bilan orangizga uch taloq tushgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayolingiz bilan orangizga uch taloq tushgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush