O‘quv markazlarida pul qaytarish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, xabaringiz bor, hozigi kunda o‘quv markazlarida ko‘p aktsiyalar olib borilmoqda, ya’ni "bizning o‘quv markazimizda o‘qib talaba bo‘ling va o‘quv markazimizda o‘qish uchun sarflagan pulingizni 50 % ini qaytarib oling" kabi, yoki "IELTS” imithonidan o‘quv markazimizda o‘qib 7 ball oling va 25 % pulingizni qaytib oling" va shu kabilar. Savolim: Bu ishlar sudxo‘rlik-ribo emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ribo emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 127 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar