Xolodes halolmi?

Assalomu alaykum! Sigirning oyog‘idan tayyorlanadigan xolodes halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Go‘shti halol hayvonlarning quyidagi a’zolaridan boshqa hamma narsasi halol. Siz aytgan tuyoqdan tayyorlanadigan xolodes ham.
1. Erkak hayvonning zakari.
2. Erkak hayvonning ikki moyagi.
3. Urg‘ochi hayvonning jinsiy a’zosi.
4. Hayvondagi bez.
5. Hayvondan oqqan qon.
6. O‘t pufak.
7. Siydik turadigan a’zo. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:04 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar