Doyimiy vaqtidan oldin og‘iz ochish
Assalomu alaykum! Ramazon ro‘zasi bo‘ladimi, har qanday nafl ro‘zani og‘iz ochish vaqti, shom namoziga azon aytilganidan keyin, og‘iz ochiladi deb o‘rgatishkan edi. Shomga azon aytmasdan oldin og‘iz ochish mumkin emas deb bilardim. Kuni kecha ishxonamizda 2ta opa singil yoshlari ancha kotta bu ayollar og‘iz ochishvotkanini ko‘rib qoldim. Ii to‘xten hali shomga azon aytmadi. 10 minut bor disam, ular og‘iz ochish vaqti 10 minut oldin ochiladi deb qolishdi. Unaqamas desam gapimga ishontira ololmadim. Boshqa ayol aytalla ramazondayam og‘iz ochib iftorlik qilib keyin namoz o‘qiladi diyla. Man ettim ramazondayam shomga azon etilganidan keyin og‘iz ochib darov namozni o‘qish kere. Keyin hotirjam ovqat evuradi didim. Qisqasi ulaga gapimni isbotlab berolmadim. Keyin man manda ilm yo‘q. Zikr axlidan so‘rangga yozaman. Javobni silaga ko‘rsataman didim. Ula bizaniyam qaynotamiz 5 maxal namoz o‘qiydila, jumalaga chiqadila. Ula aytkanla, o‘rgatkanla bizaga butun umr shunaqa qilib 10 minut oldin og‘iz ochkanmiz diyishdi. Shu vaziyatga oydinlik kiritib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ro‘za quyosh botib bo‘lganidan so‘ng ochiladi. Shom namozining vaqti ham quyosh botganidan so‘ng kiradi. Ro‘zani ochish uchun azon aytilishini kutish shart emas. Avval og‘iz ochib so‘ng shom namozini ado qilish kerak. Agar ular quyosh botishidan avval og‘iz ochgan bo‘lsalar shunday qilib tutgan hamma ro‘zalarini qayta tutishlari lozim. عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَزَالُ النَّاسُ بِخَيْرٍ مَا عَجَّلُوا الْفِطْرَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَلَفْظُ أَبِي دَاوُدَ: لَا يَزَالُ الدِّينُ ظَاهِرًا مَا عَجَّلَ النَّاسُ الْفِطْرَ، لِأَنَّ الْيَهُودَ وَالنَّصَارَى يُؤَخِّرُونَهُ. وَلِلتِّرْمِذِيِّ وَأَحْمَدَ: قَالَ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ: أَحَبُّ عِبَادِي إِلَيَّ أَعْجَلُهُمْ فِطْرًاSahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Modomiki iftorni tez qilar ekanlar, kishilar xayrda bo‘lurlar», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Abu Dovudning lafzida:
«Modomiki odamlar iftorni tez qilishar ekan, din ustun bo‘lur. Chunki yahudiy va nasroniylar uni kechga sururlar», deyilgan.
Termiziy va Ahmadning rivoyatlarida esa:
«Alloh azza va jalla «Men uchun bandalarimning eng mahbubi iftorni tezroq qiladiganidir», dedi», deyilgan.
Sharh: Ushbu rivoyatlarda vaqt bo‘lishi bilan darhol iftorlik qilishga targ‘ib etilmoqda va bu tufayli quyidagicha yaxshiliklar bo‘lishi va’da qilinmoqda.
1. Kishilarning xayrda bardavom bo‘lishlari.
2. Islom dinining ustun bo‘lishi.
3. Alloh taolo uchun mahbub bandalardan bo‘lish. Shuning uchun iftor vaqti kirishi bilan darhol og‘izni ochishga odatlanishimiz lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 167 | Ro‘za