Hadisda kim haqida bayon qilingan

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Uch kishi qiyomat kuni qo‘rquvga tushmaydilar, hisob-kitob qilinmaydilar, Alloh bandalarni hisob qilib bo‘lguncha ular mushkli tepalikda bo‘ladilar: Allohning roziligini istab Qur’on o‘qigan va u bilan bir qavmga imom bo‘lgan hamda ular undan rozi bo‘lgan kishi; Alloh roziligi uchun besh vaqt namozga chaqirgan kishi; o‘zi va Rabbi o‘rtasidagi munosabatni joyiga qo‘ygan, o‘zi va xojalari munosabatini yaxshi qilgan qul”,deb aytdilar”. Savolim: Hadisda keltirilgan Alloh roziligi uchun besh vaqt namozga chaqirgan kishidan murod azon aytuvchimi yoki oddiy inson biror yaqin kishisiga eslatuvchimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Maosh olmasdan yolg‘iz Alloh uchun azon aytuvchi muazzin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:06 | Savol-javoblar | 147 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar