Oilamdagi muammolarim

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar sizlarni menga maslahatinglar kerak. Oilada yolg‘iz o‘g‘ilman, otam olamdan o‘tib ketgan. Hozirda moskvadaman, ayolim bilan munosabatlarimiz yomonlashib ketdi. Ajrashish darajasiga boryapmiz. Ajrashay deb norasidamni o‘ylab yolindim ayolimga, onamni jo‘natdim olib keling deb foydasi bo‘lmadi. 18 oydan beri onasinikida o‘tiradi. Orada menda ayolimga nisbatan shubhalar paydo bo‘lib qoldi. Men ayolim bilan suhbatlashgan paytlarimda erkakni g‘ururiga tegadigan gaplarni aytdi. Shu shubha bo‘ldimi o‘zimni ishlarim ham yurishmay qoldi. Bir tomonda bir pochcham opamga 3 taloq beribti. Bu gapni ertasi kuni aytsa hech nimani eslay olmasmish. Nima qilganu nima qo‘yganini. Opamni 2 farzandi bor, ularga nima qilishni bilmay qoldim. Oilamdan g‘am anduh arimay qoldi. Boshimni ichi ham tashi ham qatib ketdi. Yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nikoh bo‘lganidan keyin er xotin birga yashashga harakat qilish kerak. Qoldirib uzoqqa ketish ayol kishini buzadi. Albatta bunda er sababchi bo‘ladi. Gohida hamma narsa o‘ylashni qo‘yib Allohning O‘ziga tavakkal qilish va O‘zi o‘nglashini so‘rash kerak. Uch taloq tushgan bo‘lsa birga yashash joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:09 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar