Nima deyishga xayronman

Assalomu alaykum! Yaqinda bir saytda  Qozog‘istonda bir kishi o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilib, kitob ham yozganini o‘qib qoldim. Albatta bunga zarracha ishonganim yo‘q. Bu ma’lumot rostmi? Buni diniy hukmi qanday bo‘ladi? U kishiga Islom tashkilotlari qanday chora yoki jazo qo‘llashi mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qiyomatning ikki xil alomati bo‘lib, birini “Alomati sug‘ro”(kichik alomatlar), ikkinchisi “Alomati kubro”(katta alomatlar) deyiladi. Kichik alomatlari ko‘p bo‘lib, ulardan biri payg‘ambarlikni davo qiluvchilarning chiqishidir. Eng birinchilari Musaylima Kazzob va Asvad Anasiylardir. Ularning hukmi kufrdir. Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning haqlarida “Ahzob” surasi 40-oyatida : «...Allohning Rasuli va nabiylarning so‘nggisidir...» deb marhamat qilgan. Qiyomatgacha kim payg‘ambarlikni davo qiladigan bo‘lsa, ushbu oyatga munkir bo‘lib, Islomdan chiqqan hisoblanadi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:31 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar