Ashuro kuni jumaga to‘g‘ri kelsa ro‘za tutsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, avvalo bu qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Bir nechta savollarim bor; 1 Muharram oyini 10-kuni yani ashuro kuni ba’zi saytlarda 2018 yil 12-sentiyabr kuni yangi 1440-hijriy yil, muharram oyining boshlanishining 1-kunidir. Ashuro kuni 2018-yilning 21-sentyabr, juma kuniga to‘g‘ri keladi; deyilgan. Yana boshqa saytda bugun 11-sentyabr 2018-yil. 30-zulhijja 1439:-yil deyilgan. Yangi hijriy 1440-yil milodiy nechinchi sentyabrga to‘g‘ri keladi? 2. Agar muharram oyi 12 sentyabrdan boshlansa ashuro kuni 21-sentyabr, juma kuniga to‘g‘ri keladi. Juma kuni ro‘za tutsak bo‘ladimi? Yoki payshanba juma yoki juma shanba tutsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ashuroning 11-12-kunlari ham tutsangiz shubhadan qutilasiz. Aslida juma kunida ro‘za tutish joiz. Faqat savobi ko‘p bo‘ladi deb har juma ro‘za tutish nojoiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:14 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar