Bemorning taxorati

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yosh bo‘ydoq soglom kishi sog‘ligi extiyoti uchun tohorat olishdan oldin xojatdan keyin old va orqa avratlarni siydik va najost qoldiklarini quruq xojat qog‘ozlari bilan tozalab toxorat olsa bo‘ladimi yoki hozirgi zamonaviy namlangan qog‘ozlar(vlajnoe salfetka) shulardan foydalanib poklanib keyin toxorat olsa xam bo‘ladimi? Mobodo sog‘lom kishiga ruxsat bo‘lmasa bemorga ruxsat bormi yoki najosatni darajasiga qarabmi? Qanaqa xolatda suv bilan poklanish kerak? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Orqa-oldidan chiqqan najosat chiqqan joyidan atrofiga piyolaning keticha miqdorda yoyilsa yuvish vojib bo‘ladi. Undan kichik holatda kesak yoki salfetkalar bilan artib tozalansa ham bo‘ladi. Yuvish vojib emas. Sahobalar kesak bilan istinjo qilib ketaverganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:25 | Savol-javoblar | 188 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar