Ölimni unutmaslik

Assalomu alaykum.Hazrat, biz ölimni köp eslagan vaqtlar ibodatlarimizda qörquv-umid, xushu paydo böladi, Payg‘ambarimiz (s.a.v) "Lazzatlarni kesuvchi (ölim)ni köp eslanglar" deganlar.Boshqa rivoyatlarda ham ölimni unitmaslikni köp öqiganmiz.Lekin, biz yoshlar kelajakka intilishimiz kerak. Biz bu ikki xolatni qanday bog‘lashimiz mumkin. Ölimni unitmaslikka harakat qilsak kelajak hayotga intilishimiz, orzu-havas pasayayabdi. Boshqa zamonaviy yoshlar oldida notanish olamda yashaydigandek bölyabmiz. Yoki biz tög‘ri tasarruf qila olmayabmizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachonki, u(sahoba)larni biror ishga amr qiladigan bo‘lsalar, toqatlari etadigan amalga amr qilar edilar. Ular:«Ey, Allohning Rasuli, biz sizga o‘xshagan holatda emasmiz. Albatta, Alloh sizning oldingiyu keyingi gunohlaringizni mag‘firat qilgan», dedilar. Shunda, U zot g‘azablanar edilar. G‘azablari yuzlaridan bilinar edi va: «Sizlarning eng taqvodoringiz, Allohni eng yaxshi biluvchingiz menman!» – der edilar!»Ikki hadisni Buxoriy rivoyat qilganlar.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu hadislarida ham Islom dini oson din ekani, unda odamlarning toqatidan tashqari takliflar bo‘lmasligi bayon etilmoqda. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarni toqatlaridan tashqari amalni qi-lishga amr qilmas edilar. Sahobai kiromlar ko‘proq amal qilib, ko‘proq savob olish ishtiyoqi bilan yonar edilar. Ammo, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularni xohlab turgan darajalaridagi amallarga buyurmas edilar. Sahobalarning ko‘proq amal qilib, ko‘proq savob olish ishtiyoqlari ustun kelib, xayollariga kelgan gapni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytishga jur’at qiladilar: «Ey, Allohning Rasuli, biz sizga o‘xshagan holatda emasmiz. Albatta, Alloh sizning oldingiyu keyingi gunohlaringizni mag‘firat qilgan», dedilar».Ya’ni, Siz gunohi yo‘q zotsiz, lekin shundoq bo‘lsa ham, ibodatni ko‘p qilasiz, biz sizga o‘xshagan gunohi kechirilgan odamlardan emasmiz, gunohlarimiz ko‘p. Shuning uchun, bizga izn bering, ko‘proq ibodat qilaylik, demoqchi bo‘ldilar. Bundan sahobai kiromlarning ko‘p toat-ibodat qilishga rag‘batlari kuchli ekanligi ko‘rinib turibdi. Shu bilan birga, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan izn bo‘lmagani uchun ko‘p ibodat qila olmay yurganlari ham bilinib turibdi. Sirtdan qaraganda bu har qancha maqtasa arzigulik rag‘bat. Payg‘ambarimiz shundoq qildilarmi? Yo‘q! Undoq qilmadilar. Bunday paytlarda: «Ul zot g‘azablanar edilar. G‘azablari yuzlaridan bilinar edi».Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘ta halimliklarini, Alloh uchun bo‘lmasa hech qachon g‘azablanmasliklarini hisobga oladigan bo‘lsak, bu g‘azablanishlari ancha narsadan da-rak beradi. Amr qilingan narsaga bo‘ysunib bajaravermasdan turli takliflar kiritish yaxshi emasligini bildiradi. Nima uchun sahobalarning ko‘proq ibodat qi-lish rag‘bati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning g‘azablarini chiqardi? Chunki, ular, Alloh va Rasul amr qilgan ishlarni oz sanab, o‘zlariga ziyoda qilmoqchi bo‘ldilar. Yanada mushkulroq amallarni o‘zlariga vazifa qilib olmoqchi bo‘ldilar. Bu esa, doimo xatoga boshlaydi. Alloh taolo bandalariga nima munosib ekanini O‘zi yaxshi biladi. Alloh taolo bandalariga qancha miqdorda ibodat munosib ekanini ham yaxshi biladi. Shuning uchun, insonning o‘ziga, toqatiga yarasha amallarga buyuradi. Agar inson butunlay namoz o‘qib, ro‘za tutib yoki shunga o‘xshagan amallarni qilishi kerak bo‘lganida, uni farishtalarga o‘xshatib emaydigan, ichmaydigan, uylanmaydigan qilib yaratar edi. Shuningdek, eb-ichib, jins bilan mashg‘ul bo‘lib, hayvonlik darajasida yuraverishi kerak bo‘lganida, unga aql bermas, Payg‘ambarlar yubormas, ki-toblar tushirmas va shariatlar joriy qilmas edi.Shuning uchun ham, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Allohning amrini bajarmaganlardan qanchalik g‘azablansalar, Allohning amriga ziyoda qilishni xohlaganlardan ham shunchalik g‘azablanar edilar. Ushbu hadisda ziyoda ibo-dat qilishga izn so‘ragan sahobai kiromlardan g‘azablanishlari ham shundan. Ul zot ularga:«Sizlarning eng taqvodoringiz, Allohni eng yaxshi biluvchingiz menman!» der edilar.Ya’ni, birortangiz menchalik taqvodor bo‘la olmaysiz, menchalik Allohni taniy olmaysiz. Nega endi men qilmagan ibodatlarni qilmoqchi bo‘lasiz?!Demak, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida kelgan ibodatdan ortiqcha ibodat qilish noto‘g‘ri hisoblanadi.

6 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 144 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar