Dori afsun

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman. Biz tarafda "afsun" deb nomlangan dori darmonlar sotayotgan marketing ish faoliyatini boshladi. Men farzandimga dori olish uchun borib dorilarini ko‘rdim va sotuvchi ayoldan bular xalol maxsulotmi deb so‘radim. Shunda u ayol menga xa bular xammasi xalol, xurmodan tayorlangan deb menga xalol degan sertifikatni ko‘rsatdi va bularga shayximiz ruxsat bergan, men ularning xuzurlarida bo‘lganman dedi. Sizlarda shu dorilar xaqida ma’lumotingiz bo‘lsa bizga yuborishingizni iltimos qilamiz. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida odamlar o‘lib ketgan odamga biror gapning nisbatini berishlari juda ham oson ish. Ularga “Hazrat bunday demaganlar” desak “Biz so‘raganimizda siz yo‘q edingiz” deyishadi. Shuning uchun siz mahsulotning tarkibini yaxshilab surishtiring. Ulardan dori sotib olishga kelsak. to‘g‘ridan-to‘g‘ri dori sotib olishingiz mumkin(agar tarkibidi siz aytgandek harom narsalar bo‘lmasa). Tarmog‘iga ulanib faoliyat yurgazish halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:16 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar