Namoz paytida chaqirib qolishsa
Assalomu alaykum! Savolim shundan iboratki, men peshin namozini to‘rt rakat sunnatini o‘qib bo‘lib, aytaylik 4 rakat farzining 2-rakati paytida uydagilarim meni biror ish bilan chaqirib qolishsa, men ularga javob berib namozimni tark etsam(javob bermay davom eta olmasligimni sababi uydagilarimdan yashirincha namoz o‘qiyman), peshin namozimni boshidan o‘qishim kerakmi yoki faqat farzini qaytadan o‘qib davom ettirsam bo‘ladimi? Yoki 4-rakat farzini tugatib, 2 rakat sunnatini boshlash paytimda chaqirishsa namozimni tark etsam nima qilishim kerak. Javobingiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Farzini o‘zini qaytadan o‘qiysiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:19 | Savol-javoblar | 134 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Farzini o‘zini qaytadan o‘qiysiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:19 | Savol-javoblar | 134 | Namoz