Bomdoddagi holat

Assalomu alaykum. 1). Ertalab kech uyg‘onib, tahorat qilib bo‘lgach, quyosh chiqishiga, ya’ni bomdod namozi qazo bo‘lgunicha 4 minut vaqt qolgan bo‘lsa. Usha payt azon bilan takbirni aytmasdan tezda bomdodni sunnati bilan farzini o‘qisa bo‘ladimi? 2). Huddi shunday holat yana ham ozgina, ya’ni 2 minut vaqt qolgan bo‘lsachi? Faqat farzini o‘zini o‘qib olish kerakmi? 3). Oz vaqt qolgan payt o‘qayotganda namozni 1-rakatidan so‘ng, 2-rakatiga turilganda taqvimdagi bomdod payti tugab qolsa, bunday holatda namoz qazo bo‘ladimi yoki oxirigacham tugatib qo‘yaverish kerakmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ha. 2). Ha. 3). O‘qib oxirgacha etkazadi, quyosh chiqqan yana qayta o‘qib oladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:21 | Savol-javoblar | 183 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar