Iqtibos olish haqida

Olamlarning Robbi Allohga hamdu sanolar bo‘lsin!Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovotu salomlar bo‘lsin!Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu!Muhtaram Shayh hazratlari! Sizga beradigan savolim shuki Kitoblarinizdan ijtimoiy tarmoqlarga birodarlarga ibrat bo‘lishi uchun,kitoblaringizga qiziqtirish maqsadida,... iqtibos olsa bo‘ladimi?Shunga ruhsat berasizmi?Men sizni ruhsatsiz oz-muncha shunday qildim,kechiring Ustoz!Lekin kitobizdan ko‘chirganlarimni,o‘qiganlar,bu ma‘lumotni qaysi kitobdan oldiz,deyishdi.Men sizni kitoblarizdan olganlarimni ta‘kidladim va ularga sizning kitoblaringizni o‘qishlariga tavsiya etdim.Allohga shukrlar bo‘lsinkim,mana shu aybli bo‘lsaham,shu qilgan harakatim tufayli birodarlar kitoblaringizni hursandchilik va qiziqish bilan olishmoqda.Ba‘zi birodarlar biz bu olimni kitoblarini o‘qimagan ekanmiz,bilmagan ekanmiz deyishmoqda va kitoblaringizni harid qilishmoqda inshaalloh!Ustoz Chegaradan chiqmagan holatda,kitoblarizdan shu ta‘kidlagan maqsadda iqtibos olsa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ammo o‘sha tarmoqlarda juda yomon ishlar bo‘lmoqda ekan. Har xil odamlar mening nomimdan, saytlarimiz va kitoblarimiz nomidan sahifalar ochib o‘zlarining buzg‘unchi gaplarini tarqatishmoqda ekan. Shuning uchun bugun hech kimga ruxsat bermaslikka va borlarini yo‘q qilishga qaror qilindi. Siz ham imkoningiz bo‘lsa faqat bizning saytlarga ulab qo‘yishingiz mumkin, xolos. Boshqasiga ruxsat yo‘q.

6 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar