Kasal bo‘lgan inson gunohlardan poklanadimi?

Assalomu alaykum! Savol javoblar ruknini doimo kuzatib boraman. Savolim shuki og‘ir kasallikka chalinib yillar davomida azob chekib vafot etganlarni bu dunyoda gunoxlari to‘kilib ketadi. Gunoxlari qolmaydi, Alloh suyganiga dard beradi deganlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha dardga qo‘ldan kelgancha ibodatni ham qo‘shib qo‘yish kerak. Dardni o‘zi kifoya qilmaydi. Alloh taolo O‘z fazli ila yotib namoz o‘qishga qodir bo‘lgan insonni sog‘ligida jamoatga qatnab o‘qigan bo‘lsa, o‘sha jamoatga qatnab o‘qiganning savobini beradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:22 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar