Qazo namozlarining ajri

Assalomu alaykum! Namozni kechiktirib o‘qishni qabr azobiga va qiëmatdagi javobi og‘irligini o‘qib qoldim. Lekin kasbim sababli (xarbiyman) asr va shom namozlarini muntazam qazo qilib o‘qimoqdaman. Qazo namozlarimning ajri qanday bo‘ladi? 2. Namozning ovoz chiqarib va o‘zi eshitarli xolatda o‘qiluvchi xolatlarini batafsil tushuntirib bersangizlar. Namozni yaqinda mustaqil o‘rganib boshlaganim va diniy bilimim chuqur emasligi uchun xato o‘qishdan qo‘rqayapman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Alloh shunday Zotki astoydil yolvorib so‘rasangiz asr va shomni ham o‘qishni imkoniyatini bera oladi. Bu narsa Allohga hech qanday qiyin emas. insonlar biror valiy zotdan karomat sodir bo‘lishini eng eng buyuk narsa deb biladilar. Aslida sizni holatingizda asr va shomlarni qoldirmay o‘qishni tadbirini qilish mingta karomatdan ustun turadi. 2). Ovoz chiqarib o‘qish degani pichirlab o‘qishga aytiladi. Bir insonni qulog‘iga pichirlashingiz ovoz chiqarib o‘qish deyiladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 16:03 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar