Maniy namoz

Assalomu aleykum. Ustozlar men namozni boshlaganimga oz vaqt bo‘ldi. Yaqingacha ham xojatxonada qo‘lim bilan avratimdan oq shilimshiq suyuqlik chiqarar edim. Lekin oq shilimshiq suyuqlik kiyimimga ham, badanimga ham tegmasdi. Osha bilan istinjo va taxorat qilib namoz o‘qir edim. Shu o‘qigan namozlarimning hukmi qanday qazo qilib o‘qimaymanmi ? O‘sha shilimshiq oq suyuqlik peshopmi yoki maniymi yoki maziymi ? Shunaqa xolatda g‘usl qilmay istinjo va taxorat qilib namoz o‘qisam bo‘ladimi ? Qizlarni ko‘rganda avratim rangsiz suyuqlik bilan namlanadi shu xolatda g‘usl qilish vojibmi ? Biz maktab internatida qolib o‘qiymiz. G‘usl qilishga umuman imkoniyat yo‘q. Yuqorida bergan savollarimning har biriga javob bering iltimos. Menga javobingiz juda ham zarur. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, o‘qiysiz. G‘usl qilishingiz shart. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 15:24 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar