Bomdodga azon masjidda har xil o‘qiladi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh taoloning sizlarga rahmati bo‘lsinki, sizlarga tufayli ko‘p narsani o‘rganib borayapman Alhamdulillah. Savolim men yashaydigan joydagi masjidda o‘qilgan azon har xil vaqtda o‘qiladi. Namoz vaqti 4:30 bo‘lsa azon hatto 4:50da ham eshitiladi. Men nima qilay azonni kutib turadigan bo‘lsam namozim qazo bo‘lib qolmaydimi? Yoki o‘z vaqtida boshlab shu oraliqda azon menga eshitilsa gunoh emasmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namoz vaqti kirdi deb belgilangandan boshlab quyosh chiqqunicha o‘qib olsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:22 | Savol-javoblar | 176 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar