Tirnoq orasidan chiqayotgan qon

Assalomu alaykum! Alloh yo‘lidagi say harakatlaringizni ajrini ziyoda qilsin. Savolim: Oyoq barmog‘imda tirnoqning etga qarab o‘sishi sababli o‘sgan joyini kestirdim, hozirda qon tinimsiz oqyapti, har safar qayta bog‘latganimda o‘ralgan bint qizil ranga kiryapti, og‘riqning judayam kuchliligi sababli tahorat olishda qiyinchilikga duch kelyapman, kesilgan joyga suv tegishi mumkin emasligi uchun o‘sha oyog‘imni yaraga suv etkazmay faqatgina qo‘limni namlab kesilgan barmoq atroflariga surib yuvyapman. Ushbu tahoratim va shu tahorat bilan o‘qigan namozim joizmi? Agar joiz bo‘lsa, qon chiqishidan boshqa hech qanday tahoratni ketkazadigan ish qilmagan holda bir tahorat bilan ikki yoki uch mahal namozni o‘qisam bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir mahal namozni o‘qishingiz mumkin. Siz sohibi uzr  hisoblanasiz. O‘sha qon chiqishi tahoratingizni ketkazadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar