Atir sepsa g‘usl vojib bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Ayol kishi atir sepib ko‘chaga chiqsa, junublikdan poklangandek g‘usl qilmaguncha ibodatlari, namozlari qabul bo‘lmaydi degan ma’noda xadis bor deb eshittim. Agar shunday hadis kelgan bo‘lsa to‘liq aytib bersangiz. Agar bu rost bo‘lsa atir sepilgan holatdagi namozlar boshqattan o‘qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘usl vojib bo‘lmaydi. Imom Nasaiy shunday rivoyat keltiradilar:
«Abu Hurayra roziyallohu anhu o‘zlariga yo‘liqqan bir ayolda xushbo‘y hidni sezib qolib:
«Ey Jabborning cho‘risi, masjiddan keldingmi?!» dedilar. U ayol:
«Ha», deb javob qaytardi. Abu Hurayra roziyallohu anhu:
«Men o‘z habibim, Abulqosim sollallohu alayhi vasallamdan:
«Alloh taolo ushbu masjidga xushbo‘y atir sepib kelgan ayolning namozini to u ayol junublikdan keyin g‘usl qilgandek g‘usl qilmagunicha qabul qilmaydi», deganlarini eshitganman, dedilar».
Imom Termiziy Abu Muso al-Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir ko‘z zinokordir. Qaysi bir ayol atir sepib olib, bir majlis ahli oldidan o‘tsa, bundoqdir, bundoqdir», deb og‘ir narsani aytganlar. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا اسْتَعْطَرَتِ الْمَرْأَةُ فَمَرَّتْ عَلَى الْقَوْمِ لِيَجِدُوا رِيحَهَا فَهِيَ كَذَا وَكَذَا، قَالَ قَوْلًا شَدِيدًا. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon ayol kishi atir sepib, uning hidini bildirish uchun bir qavmning oldidan o‘tsa, u bundoq-bundoqdir», deb qattiq gap aytdilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilgan.
Sharh: Boshqa bir rivoyatda «o‘sha ayol zoniyadir», deyilgan. Chunki xushbo‘y narsa ila begona erkaklarning e’tiborini qasddan jalb qiladigan, ko‘ngillarining sust ketishiga sabab bo‘ladigan ayol yaxshi ayol bo‘lmaydi. Bu narsaga ayol-qizlarimiz alohida e’tibor bermoqlari lozim.
Islomda ayol kishining o‘tkir hidli xushbo‘y narsalarni o‘ziga surtib olib, begona erkaklarning shahvatini qo‘zitishlari o‘ta madaniyatsizlik hisoblanadi. Madaniyatli muslima bunday vaziyatda hidi kuchsiz xushbo‘ylarini ishlatadi. Bu haqda ham yuqorida bahs yuritganmiz. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
4 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 201 | Ayollarga oid masalalar