Moykada mashinaga zarar etkazsa kim to‘laydi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar. Savolim quyidagicha: mashinani yuvish uchun moykaga berib 1 soatda kelishimni aytib uyga ketdim. Men yo‘g‘ligimda mashinani yuvayotgan bola mashinani haydab kuzov qismiga shikast etkazibdi va menga bu haqda indamadi. O‘zim kelganimda holatni ko‘rib so‘rasam tan oldi va zararni qoplashini aytdi. Mashina sotuvchilardan so‘rasam mashinaning bozordagi bahosi avvalgi holatidan tahminan 4.000.000 so‘mga tushib ketishini, yani shuncha zarar etkazilganligini aytishdi. Bu holatni kuzov ustasi 300.000 so‘mga tuzatib berishini, lekin bozor bahosida baribir 4.000.000 ziyon ko‘rilganligini aytdi. Men aybdor bolaga hech bo‘lmaganda 800.000 so‘m berishi kerakligini aytdim. Agar u 800.000 bersa 300.000ga tuzatsam qolgani menga halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz o‘zingiz Alloh ko‘rsatmasin 100.000 dollarlik mashinaga 1000 dollarlik shikast etkazsangiz tabiyki bu shikast etkazishingiz u mashinani 5000 dollar narxini tushiradi. 5000 berishga rozi bo‘larmidingiz? Zararni qoplaydigan miqdorchasini oling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:24 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar