Televizor kasofati

Assalomu alaykum! Ustozlar sizlar doimo ta’kidlab aytasizlar, televizor balosidan extiyot bo‘lishimizni. Mana sizlar aytgan narsaning asorati asta-sekin bilinmoqda. Bir qizaloq otasiga «Otajon falon Xind serialida chiroylik Hudolar bor ekan, o‘shanday Hudolardan bizni uyimizga ham olib keling» demoqda. Ota shunda zudlik bilan televizorni daf qilibdi. Bizning uyimizda ham shu muammo. Yo‘q qilaylik deyman ammo qarshi bo‘lishadi. Kimlar qarshi bo‘lishini o‘zingizlar juda yaxshi bilsangizlar kerak?! Akam ikkovimiz shuni harakatidamiz. Nima uchun muslima opalarimiz, onalarimiz ibodatda, itoatda, o‘sib kelayotgan yosh avlod nabiralarga, farzandlarga o‘rnak bo‘lishni o‘rniga «serial» vabosiga mubtalo bo‘lib qolishgan?! Bu ham etmaganday Xind seriallari bor buni zarar deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tarbiya, ibo-hayo tartib va eng asosiysi e’tiqodga futur etkazayapti. Eng tashvishlisi uyimizda endigina yosh nabiralar unib o‘smoqda, o‘sha norasidalar jabr ko‘rmasa deyman! O‘sha televizorni uydagilar(ota-ona)dan so‘roqsiz bir yoqlik qilib daf qilinsa gunohkor bo‘lmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avval chiroyli o‘rinbosarni keltirib so‘ng uni daf qilinglar. Masalan kompyuter olib kelib turli qiziqarli e’tiqodga zarar etkazmaydigan narsalarni qo‘yib bering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:25 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar