Rizqni kelishi

Assalomu alaykum. Men mehrob.uz da bitta xadis o‘qib qoldim. Yani: Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Kim biron narsaga muhtoj bo‘lganda uni odamlarga oshkor etsa, hojati ravo qilinmaydi. Kim ehtiyojini Allohga izhor etsa, Alloh uni shoshilinch o‘lim yoki tez(da keladigan) engillik bilan boy qilib qo‘yadi” (Abu Dovud, Ahmad, Hokim rivoyat qilgan. Hadis sanadi hasan). Kimda biron ehtiyoj tug‘ilganda uni odamlarga aytib shikoyat qilsa, hojatini chiqarishni so‘rasa, uning tilagi bajo keltirilmaydi, kambag‘alligi arimaydi. Ehtiyoji qondirilgan taqdirdayam ketidan boshqa hojatlar chiqib kelaveradi. Kimda-kim Xojasiga, Buyuk Rabbi Alloh taologa suyansa, bor ehtiyojini U Zotga arz qilsa, Alloh uning ishini engil qiladi, etarli rizq beradi. Bu ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi mumkin: 1. Boy-badavlat yaqinlaridan biri vafot etadi. Kishi undan o‘z ulushini (ya’ni, merosini) oladi. 2. Alloh uning o‘ziga tez orada mol-dunyo beradi (Mulla Ali Qori, “Mirqotul mafotih”; Obodiy, “Avnul ma’bud”). Shu ikkisidan biri bo‘lishi aniq. Faqat buning uchun ehtiyojni Yolg‘iz Allohga izhor etiladi, taqdirdan nolimasdan, olamlar Parvardigoriga yuzlaniladi, kimlarningdir eshigi oldida sarg‘ayib turilmaydi. Alloh tarafidan engilliq kushoyish berilishi sharti shu. Savolim shundan iboratki naxot biron insonga rizq kelishi boshqa bir insonni o‘limi bilan bo‘lsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu degani o‘sha banda uchun u o‘ldiriladi degani emas. Sal aqlni yurgazing. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar