Bavosil

.Xurmatli shayx xazratlari, bir kishi bir muammoni echimini sizdan surab berishimni iltimos kildi: "Ruxsat bersangiz, men uchun zarur bulgan muammo xakida surasam. "Kifoya" nomli kitobingizning ruza bobida odamning ichiga xar kanday yul bilan suyuklik kirsa ruza buzilishi xakida yozilgan ekan. Menda bavosil kasali bor, ramazon oyida xam dori va yog surtib joyiga kuyar edim, boshka iloji yuk edi. Shunda ruza ochiladimi? Agar ochilgan bulsa kafforatini kanday utashim kerak? Iltimos,shayx xazratlari, Alloxdan kasalimga shifo surab duo kilishingizni surayman." Xayajonlanib yozdim, savolda kuppollik yoki xatolar bulsa uzr. Shu saytning ochilganiga sizga va yordam berganlarga tashakkur. Allox rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh dardingizga shifo bersin. Bunda o‘sha narsalar ichkariga kirgani aniq bo‘lsa, qazo tutasiz.

27 May 2022, 02:27 | Savol-javoblar | 146 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar