Buxgalter uchun xalolmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda ishga kirgan edim. Oylikni bir qismi naqd, o‘shani berish payti kassir 700 so‘m, 900 so‘m shunga o‘xshash mayda pullarni o‘zlariga olib qolar ekanla. Bunga hamma indamasakan, man bu pullar ular uchun harom ekanini aytmadim, lekin chiroyli qilib oylikni to‘liq berishlarini bir og‘iz so‘rab qo‘ydim. Shunda ular hammani oldida mani noqulay ahvolga solib qo‘ydila, indamadim, bu vaziyat uchun o‘sha erdagi turgan odamlar va ota-onam “nima qilarding past ketib” deb mani ayblashdi. Shu darajaga ettiki xato qildimmi deb o‘ylab qoldim. Bilaman og‘riqli savol, o‘zim uchun bilib olay bu vaziyatda rostdan xato mandan o‘tdimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri ish qilgansiz. O‘sha erda turganlarni qanchasi sizi holatingizga tushmaylik deb indamay turgan bo‘lishlari mumkin. Bunday holatda ular o‘ta og‘ir gunohga qo‘l urgan bo‘ladilar. Ya’ni birovni norozi qilib haqqini eyish gunohiga. Xalqimizda “Bug‘doy o‘g‘risi kofir emas somon o‘g‘risi kofir” degan maqol bor. Ya’ni bug‘doy o‘g‘irlayotgan “men bug‘doy o‘g‘irlayapman, yomon ish qilyapman” deb o‘g‘irlik qiladi. Somon o‘g‘irlayotan esa “Men o‘g‘irlik qilmayapman” deb o‘g‘irlikni halol sanab qiladi. Bunday e’tiqod esa shariatimizda kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar