Oqar suvdagi qo‘yning axlati
Assalomu alaykum! Ba’zida arig‘imizda qo‘yning axlati oqayotganini ko‘raman. Ushbu ariqda kir chayilsa kirga qo‘yning axlati tegsa kirni najosat qilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Agar unga najas aralashgan bo‘lsa, oqar suv yoki o‘nga o‘n bo‘lib, hovuchlab olganda eri ochilib qolmaydigan bo‘lsa, u najas bo‘lmaydi. Ammo ta’mini, rangini yoki hidini o‘zgartirsa, najas bo‘ladi. Lekin unday (oqar suv yoki o‘nga o‘n bo‘lib hovuchlab suv olinganda eri ochilib qolmaydigan) bo‘lmasa, najas tushgan suv ham najasga aylanadi.
Agar ko‘p turish ila o‘zgargan yoki unga pok narsa aralashgan bo‘lsa ham.
Suvning holi o‘zi shuni talab qiladi, chunki suvga turli narsalar tushib yoki qo‘shilib turishi tabiiy hol. Misol uchun, tuproq, daraxtlarning bargi, cho‘pu xaslar va boshqalar.
Hanafiy mazhabi bo‘yicha, suvga suyuq bo‘lmagan pok narsa aralashsa, uning pokligiga zarar etkazmaydi.
Ammo (aralashgan narsa) uni suvlik tabiatidan chiqargan yoki (qaynatib) pishirish ila o‘zgartirgan bo‘lsa, o‘sha narsadan nazofa (tozalik) qasd qilingan bo‘lmasa, (u bilan tahorat qilib) bo‘lmaydi.
Bu holatlarda mazkur suvni tahoratga ishlatib bo‘lmaydi.
Tozalik maqsadida suvga ba’zi narsalar qo‘shib ishlatiladi. O‘sha narsalar suvni o‘z tabiatidan chiqarib yubormasa, u suvni tahorat va g‘usl uchun ishlatish mumkin. Masalan, kofur – musulmon o‘lkalarida keng ishlatiladigan xushbo‘y modda bo‘lib, mayyitni yuvishda uni suvga qo‘shib ishlatiladi. Bunda jasad tez qotadi va tez aynimaydi.
Agar unga najas aralashgan bo‘lsa, u oqar suv yoki o‘nga o‘n bo‘lib, hovuchlab olganda eri ochilib qolmaydigan bo‘lsa, u najas bo‘lmaydi. رَوَى الطَّحَاوِيُّ عَنْ جَابِرٍ وَأَبِي سَعِيدٍ قَالَا: كُنَّا مَعَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي سَفَرٍ، فَانْتَهَيْنَا إِلَى غَدِيرٍ فِيهِ جِيفَةٌ، فَكَفَفْنَا وَكَفَّ النَّاسُ، حَتَّى أَتَانَا النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: مَا لَكُمْ لَا تَسْتَقُونَ؟» فَقُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ هَذِهِ جِيفَةٌ، قَالَ: «اسْتَقُوا فَإِنَّ الْمَاءَ لَا يُنَجِّسُهُ شَيْءٌ، فَاسْتَقَيْنَا وَارْتَوَيْنَا Tohaviy Jobir va Abu Sa’iddan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan safarda edik. Ichida o‘limtik bor hovuzga etib bordik. Biz ham, odamlar ham to‘xtab qoldik. Nabiy sollallohu alayhi vasallam oldimizga kelib:
«Nimaga suv olmayapsizlar?» dedilar.
«Ey Allohning Rasuli! Bu o‘limtik», dedik.
«Suv olaveringlar, suvni hech narsa najas qilmaydi», dedilar.
Bas, suv ham oldik, ichib ham to‘ydik».
Ammo ta’mini, rangini yoki hidini o‘zgartirsa, najas bo‘ladi.
Bunda oqar suv bo‘lsa ham, hovuz bo‘lsa ham, baribir.عَنْ رَاشِدِ بْنِ سَعْدٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْمَاءُ لَا يُنَجِّسِهُ شَيْءٌ إِلَّا مَا غَلَبَ عَلَى لَوْنِهِ أَوْ طَعْمِهِ أَوْ رِيحِهِ . رَوَاهُ الطَّحَاوِيُّ Roshid ibn Sa’ddan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Suvni hech narsa najas qilmaydi. Illo, uning rangiga, ta’miga va hidiga g‘olib kelgan narsagina qiladi», dedilar».
Tohaviy rivoyat qilgan.
Lekin unday (oqar suv yoki o‘nga o‘n bo‘lib hovuchlab suv olinganda eri ochilib qolmaydigan) bo‘lmasa, najas tushgan suv ham najasga aylanadi.
Demak, mazkur hajmdan kichik bo‘lgan hovuzga najas tushsa, undagi suv ham najasga aylanadi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar