Qarzga pul olish

Assalomu alaykum! 1). Men tijorat bilan shug‘ullanaman. Bir do‘stim "senga har oy boshida naqdsiz holda 100 mln. hisobinga pul o‘tkazaman sen menga shu 100 mln. ni naqd holda oy oxirida bersang bo‘ldi" deyapti. Men shu ishni qilsam bo‘ladimi? 2). “Hilol nashr” bosmasidan chiqqan "Qur’oni Karim" nusxalarining ustidagi naqshlarda 2ta qush tasviri tushirilgan? Jonli rasmlarga oid ko‘p javoblaringizda jonli narsalarning rasmi tushirilgan kiyimlarni kiymaslik kerakligi uqtirilgan. Aytingchi muqaddas kitob muqovasiga tushirilgan u rasmlarni tushirilishining hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Siz aytgan mushaf bosmaxonadan chiqqan emas. Kimdir olib kelib sotishga berganda do‘kondagilar e’tibor qilmay qolishgan. “Hilol nashr” matbaasi nashr qilgan mushafning muqovasida hech qanday jonvorning rasmi yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 176 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar