Avvalgi o‘qigan namozlarim hususida

Ustoz "Har rak’atda Auzibillahini aytilishi" nomli savolga javobingizdan shuni angladimki, bizning mazhabimizda 2, 3, 4-rakatlarda "Fotiha" surasidan oldin "Istioza" va "Basmala" aytilmas ekan. Men bundan bexabar edim. Alhamdullah, mana bir necha yildan beri ibodatdaman. Avvalgi namozlarimda har rak’atida "Fotiha" surasidan oldin "Istioza" va "Basmala" aytganman. Endi o‘ylab qoldim “avvalgi namozlarim qabulmikan?” deb. Bundan keyin ham tilim o‘rganib qolgani uchun shunday takrorlab qo‘ysam, namozimni qayta o‘qiymanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu ixtilofli masala, ikki tarafi ham bir. Namozga tasir qilmaydi.

26 May 2022, 17:24 | Savol-javoblar | 142 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar