Yana gapirsang talog‘ingni berib yuboraman deyish

Assalomu alaykum! Men erim bilan biron nimada qattiq janjallashib qolsamu keyin erim “yana gapirsen talog‘ini bervoraman” desalar va men jaxl ustida nimadir deb qo‘ysam taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! “Bervoraman” deyish kelgusi zamon bilan aytilsa shunday qilishga va’da berish, orzusini izhor qilish bo‘ladi. Bu bilan taloq tushmaydi. Yana gapirsang talog‘ingni berdim deb o‘tgan zamon siyg‘asi bilan aytsa, xotin gapirishi bilan taloq tushadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:30 | Savol-javoblar | 132 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar