Qarindosh rishtalari
Assalomu alaykum! Meni ismim Baxtiyor Andijon shaxridanman yoshim 41 da. Oilaliman 3 nafar farzandim bor. Bizning islom shariatimizda qarindosh urug‘chilik rishtalirini uzish qattiq qoralanligini diniy kitoblarimizda o‘qiganman masjidlarda domlalar maruza kilishib aytishgan. Meni bir savol o‘ylantiryabdi meni amakim bor u judayam yaxshi inson men uni juda Hurmat qilaman lekin uni o‘g‘li bor. O‘sha o‘g‘li mendan bir yoshga kichkina. Men aqlimni taniganimdan beri meni doim odamlarni xamda tanishlarimni oldida kamsitib odam o‘rnida ko‘rmay mensimasdan past nazar bilan qaraydi. Men unga nisbatan nojo‘ya ish qilmaganman yoki nojo‘ya gap gapirmaganman imkonim boricha amakimni yuzi Hurmatidan yaxshi muomalada bo‘lganman. Men uni ko‘p marotaba ogoxlantirganman avval yaxshi xam gapirib ko‘rdim kegin yomon xam gapirib ko‘rdim. Xoy inson bu qilayotgan muomalang menga yoqmayabdi deb lekin u baribir o‘z bilganidan qolmadi. U o‘zi bir yolg‘onchi kibirli xaromxo‘r inson. Men uni shuncha yillardan beri amakimni yuzi Hurmatidan kechirib keldim. Oxir oqibat meni shu insonga nisbatan sabrim tugadi. U bilan qattiq janjallashib urishib qoldik. Endi bizni islom shariyatimizda bir xadis eshitgan edim. Kibirli insonga kibirli bo‘lish kerak kamtarin insonga kamtarin bo‘lish kerak ekan. Yuqoridagi aytib o‘tilgan sabablarni xisobga olgan xolatda men ushbu inson bilan batamom aloqani uzsam bo‘ladimi? Shariatimiz qonuniga to‘gri keladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat Ollox sizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zi bu dunyo juda oz muddat. Siz unga yaxshilik qilishda davom etavering. O‘zi bir kun tushinib qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:36 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zi bu dunyo juda oz muddat. Siz unga yaxshilik qilishda davom etavering. O‘zi bir kun tushinib qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:36 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar