Ko‘zning xiralashishi
Assalomu alaykum! Mening yoshim 24da. Yoshligimda ko‘zim xiralasha boshladi turmushga chiqdim 2ta farzandim bor tug‘ruqdan so‘ng kassaligim zo‘rayib ketti. Juda siqilaman Allohdan shifo so‘rayman bazida ota-onamni aybdor qilaman garchi haqqi bo‘lmasa ham ular vaqtida nima uchun davolatishmadi deya. Har 6 oyda davolanib turing deyishgan lekin erim dan qaynonamdan uyalaman kassaligim malol kelishidan qo‘rqaman ota-onamga ham xuddi shunday jonimga qasd qilgim keladi yana o‘zimni tiyaman mendan battaroq ahvoldagilaram bor deya. Chunki ko‘zoynak yoki linzasiz oldimdagi narsaniyam ko‘rolmayman menga ko‘magingiz zarur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Robbisi tarafidan zikr qilib: “Bandam muhtoj, ko‘z nurini qizg‘ongan holatida ikki ko‘zini nurini olib qo‘ysam, shunda ham menga hamd aytsa, u uchun jannatdan boshqa mukofotga rozi bo‘lmayman degan” deganlar. Alloh taolo sizga jannatni beraman deb tursa nega siz nonko‘rlik yo‘lini tanlaysiz. Xijolat qilmasdan muolajalarni ham astoydil oling, barcha imkonlarni qo‘llang. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:38 | Savol-javoblar | 127 | Turli savollar