Ajrashish va vijdon
Assalomu alaykum! Ayolim bilan 6 yildan beri birga yashaymiz. Yoshimiz orasidagi farq kattami yoki dunyoqarashlar boshqachami ko‘p gaplarimiz to‘g‘ri kelmay qoladi. Bu tushunmovchiliklar katta jabrlar qilishimizga sabab bo‘ladi. 2 nafar farzandim bor. O‘z o‘rnilarida yaxshi ko‘raman. Ayolimi esa yo‘q, u xam meni yaxshi ko‘rmaydi. O‘zimni boshqa ayollar va ichkiliklar bilan ovitardim. Lekin bir ayolni ko‘rib ko‘nglim tushdi. Unga erishishni xalol yo‘llarini istadim va unga uylanmoqchiman. Namozlarni boshlab ichkilikdan va gunoxlardan qochdim. Ancha engilman, Allohga tavakkal qilishni boshladim. Ajrashmoqchiman, so‘ragan xaqlarini berib, chunki ajrashmasam iymondan chiqib, bir birimizga qattiq jabr qilib o‘tamiz. Farzandlarimi taqdirini vijdonim va avvalo Alloh uchun tarbiyasidan qochmayman. Aytingchi Allohni rozi qilib qanday qilib xech kimga jabr qilmay ajrashishning yo‘li bormi? Shariatda yoki xadislardan rivoyat bormi shu o‘rinda kelgan? Savollim uchun avvalo uzur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biz bu kabi holatlarda er xotin oarsiga tushmaymiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:38 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biz bu kabi holatlarda er xotin oarsiga tushmaymiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:38 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush