Taloqni niyat qilmasdan ayolini uydan xaydab yuborish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, agarda erkak kishi ayolini niyati taloq bo‘lmay uyiga xaydasa taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak.  Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror haqiqiy ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Pul evaziga nikohlab qo‘yadigan qalloblardan ehtiyot bo‘linglar. Chunki nikoh va taloqda pul degan narsa ketmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:39 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar