Xutba paytidagi duo

Assalomu alaykum! Imom hutba o‘qib "sami’ud dua" degandan keyin duo qilinadimi? Agar duo qilinadigan bo‘lsa qaysi duoni o‘qish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن أبي بردة بن أبي موسى الأشعري قال : قال لي عبد الله بن عمر أسمعت أباك يحدث عن رسول الله صلى الله عليه وسلم في شأن ساعة الجمعة ؟ قال : قلت : نعم ؛ سمعته يقول : سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول  هي ما بين أن يجلس الإمام إلى أن تقضى الصلاة Abu Burda ibn Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi : "Abdulloh ibn Umar menga otang Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan jumada(duo ijobat bo‘ladigan) vaqt haqida biror hadis eshitganmisan" dedi. Men “Ha, otam Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “U vaqt imom minbarga o‘tirganidan to namoz tugagunicha bo‘lgan vaqt orasidadir” deyayotganlarini eshitganini aytganini eshitganman” dedilar. Ushbu hadisga binoan imom minbarga chiqqanidan to namoz ado bo‘lgunicha kishi Allohdan so‘raydigan narsalarini qalban so‘rashi kerak. Imom "sami’ud dua" deganda qo‘lni ko‘tarib duo qilish bid’at hisoblanadi. Uni tark qilish kerak. Bu vaqtda qilinadigan maxsus duo yo‘q. Har kim hojatini so‘rashi mumkin. Vallohu a’lam.

28 Aprel 2022, 03:53 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar