Variantga narsa sotvolish

Assalomu alaykum! Masalan bitta odam boshqa odamdan variantga moshina sotvolsa yani shu moshinani pulini bo‘lib lekin shu pulni ikki baravarini qibersa shu shart bilan sotvosa va 1oyga kelishlan pulni qibersa moshinani qogan puli qarz hukmida turadimi bu odamda yoki qarz hisoplammidimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Masala: Uzoq muddatli qarzlarni ham zakot berishda chiqarib yuboriladimi? Masalan: Yigirma millionga besh yilda uzib yuborishga uy olsa va qo‘lida o‘n-o‘n besh million puli bo‘lsa, u kishiga zakot vojib bo‘ladimi? Javob: Qarz ikki turga bo‘linadi. Mu’ajjal (naqd berilishi kerak bo‘lgan) va muajjal (keyinchalik berishga kelishilgan) ya’ni naqd berilishi kerak bo‘lgan va keyinchalik berilishi kerak bo‘lgan. Savoldagi qarz muajjal keyinchalik berilishi vojib bo‘lgan qarzga kirib. U zakot berishni man’ qilmaydi. وَعَنْ أَبِي حَنِيفَةَ لَا يُمْنَعُ. وَقَالَ الصَّدْرُ الشَّهِيدُ : لَا رِوَايَةَ فِيهِ، وَلِكُلٍّ مِنْ الْمَنْعِ وَعَدَمِهِ وَجْهٌ. زَادَ الْقُهُسْتَانِيُّ عَنْ الْجَوَاهِرِ : وَالصَّحِيحُ أَنَّهُ غَيْرُ مَانِعٍ Abu Hanifadan qilingan rivoyatda: (Keyinchalik berishga kelishilgan qarz zakotni) Man’ qilmaydi. Sodrushshahid aytadi: Bu borada rivoyat yo‘q, man’ qilish va man’ qilmasligining ham dalillari bor. Ko‘histoniy Javharadan ziyoda qilib: "Sahih gap shuki, muajjal (bir- ikki yilda berishga kelishilgan) qarz zakot berishni man’ qilmaydi"degan (Roddul muxtor. 2 j. 5. s.). “Shuning uchun qo‘lidagi boridan zakot beradi. (Muhammad Taqiy Usmoniy). Ba’zilar o‘sha yilda berishga kelishilgan qarzini chiqarib yuborib, qolganidan beradi" deganlar. (Xolid Sayfulloh Rahmoniy. Hind fiqh akademiyasi raisi). Avvalgisi ehtiyotliroqdir. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 03:53 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar