Amakining farzandlari mahrammi?

Assalomu alaykum! Masalan erkak yoki ayoli o‘z qarindoshlari erkak yoki ayol bilan qo‘l berib so‘rashsa bo‘ladimi?
2). Men qarindoshdan uylanganman, ayolim har ikki haftada qizlik uyiga borib keladi yoki yotib qoladi. U erda amakisini o‘g‘illari bor. Qarindoshchilik o‘rtasiga sovuqchilik tushmasligi uchun menga qanday maslahat berasizlar? Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Amakining o‘g‘illari nomahram bo‘lib, ular bilan qo‘l berib ko‘rishishdan saqlanish kerak. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=33520.0

29 Aprel 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar