Battollar haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Xazratlarining "Hadis va Hayot" kitobini 30-juz’i "Baqara va Oli Imron suralarining fazilatlari" bobida Baqara surasi xaqida "Battollar unga qodir bo‘lmaydi" mazmunidagi xadis keltirilgan ekan. Bu erda kelgan BATTOLLAR lafzining tarjimasi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buning uch ma’nosi bor. Birinchisi battol, bekorchi dangasa himmati pastlar uni yod ololmaydilar. Ikkinchisi botil ishni qiluvchi sehrgarlar “Baqara” surasini yod olish va unga amal qilishga muvaffaq bo‘lmaydilar. Uchinchisi sehr jodu qiladiganlar “Baqara” surasini yod olgan va o‘qib yuruvchilarga hech qanday zarar etkaza ololmaydilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:40 | Savol-javoblar | 142 | Hadislar