Dunyoga xirs qo‘yish

Assalomu alaykum! Men tibbiyot oliygohida tahsil olaman. Biz judayam katta ma’lumotlarni qisqa vaqt ichida o‘zlashtirishga majburmiz. Alloh taoloning birgina amri bilan yaratilgan bandasi jasadining tuzilushini va mohiyatini o‘rganishga umrlar kamlik qiladi. Shu sababdan men kitoblardan o‘qiganimda ularning kerakli joylarini rangli marker, qalam, stikkerlar bilan chizib bo‘yayman. Konspekt o‘rniga foydaliroq bo‘lishi uchun har xil rangli flomaster, ruchkalar, stikker, qalam va qog‘ozlardan foydalanib intellekt kartalar (mind map) tuzaman, tana a’zolari rasmini chizaman. So‘ng uzoq muddatli xotirada saqlash uchun flesh kartalar(bir tomoniga savol va bir tomoniga javob yoziladigan kartochkalar) yozaman va albatta unda ham rangli kartochka va ruchkalardan foydalanaman. Bu men uchun judayam qulay. Oddiy konspekt yozsam va odatdagidek varaqlab o‘qigandan ko‘ra. Eng asosiysi o‘zim ham mana shunday rangli konstovarlarga qiziqaman. Ularning har xil rangli bo‘lishi meni quvontiradi. Mana shu quvonishim dunyo matoxiga xirs qo‘yish emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu ilmga harakat. Insonning to‘liq shaklini chizmang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:43 | Savol-javoblar | 166 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar