Tish orasini kengaytirish nima degani?

Assalamu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda u zot: «Igna bilan badaniga surat chizuvchi ayol va chizdirtiruvchini, soch ulaydiganni va ulatadiganni, husn uchun tishlarini orasini ochuvchini va Alloh xalq qilgan narsani o‘zgartiruvchini la’natlagan», deb aytadilar. Savolim shuki "xusn uchun tishlarni orasini ochish" nima degani?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvallari ayollar chiroyli bo‘lish uchun tishlarini orasini egovlatar ekanlar. Xuddi hozirgilar yanada chiroyli bo‘lish uchun breket taqayotganlaridek. Shariatda aybni ketkazish joiz, lekin bor chiroyga yana chiroy qo‘shish uchun amaliyot qilishi joiz emas. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 13:37 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar