Xotinimga namoz o‘qishni ta’kidlash

Assalomu alaykum! Ayolimga besh vaqt namoz o‘qishning muhimligi, benamozlikning katta gunohligi, umuman namoz va ibodat to‘g‘risidagi og‘zaki tushuntirishlarim, kitoblardan o‘qib berishlarim, yozma shaklda turli holda yozib tushuntirishlarim hecham ta’sir qilmadi. Aksincha «gunohligini bilaman» kabi gaplar bilan javob beradi va istaganda o‘qiydi, ko‘pincha esa televizor va telefon bilan vaqt o‘tkazadi. Bu holatda mani javobgarligim kamaymasa-da, uning bu holatiga qanday ta’sir o‘tkazish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday xotinni fosiqa deyiladi. Taloq qo‘yish vojib emas. Sizni vazifangiz doimiy aytib turish, qolgani o‘zining zimmasiga. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:46 | Savol-javoblar | 187 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar