Ovqat halolmi yo harom

Assalomu alaykum! Alloh ilminggizni ziyoda qilsin. Men hozirda Rossiya davlatida musofirchilikdaman va bizga kattakon qazonda 30-40 kishiga ovqat qilinadi. Ovqatda tovuq go‘shti solinadi, men u go‘shdan emayman, sheriklarim sababini so‘raganida bu tovuqlar Bismillahni aytib so‘yilmagan, zamonaviy aparatlar yordamida so‘yilganini va musulmonlarga xarom ekanligini aytdim. Shunda u ovqatga solinyapdi-ku bo‘lmasa ovqat ham harom hisoblanadimi degan gapni aytishdi. Hurmatli ustozlar iltimos bu vaziyatga oydinlik kiritib bersangizlar, eyayotgan ovqatimiz ham harom hisoblanadimi? 2). Ayollar qoshini terdirishi gunohmi? Javoblaringiz uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ha. 2). Ha. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:46 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar