Gul o‘stirish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men xona gullarini o‘stirishga juda qiziqaman. Ularni yashnab o‘sishi va gul ochganini ko‘rib, zavqlanaman. Nima uchundir ularni parvarishlash menga huzur bag‘ishlaydi. Albatta ularni parvarishlashga vaqt sarflanadi. Men bu qiziqishim sabab vaqtni behudaga sarf qilgan bo‘lmaymanmi?  Axir bu vaqtimni ilm olishga, ibodatga sarflashim mumkinku. Alhamdulillah ilm olishga  alohida vaqt ajratganman. Bo‘sh vaqtimda kitob o‘qiyman. Men turli gul va o‘simliklarni parvarish qilganim uchun ajr olamanmi? Agar bu qiziqishim amal daftarimga mening foydamga qayd etilmasa bunday «xobbi»dan voz kechaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimiz hayvon boqish, o‘simlik o‘stirish kabi ishlardan qaytarmagan. Faqat hayvon boqishdagi boz-bozlik va shunga o‘xshash ishlardagi mukkasidan ketish(fanatlik)dan qaytargan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar