O‘z uyimda qurbonlik qilingan bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Meni oyligimdan yig‘ib qo‘ygan 6 mln pulim bor. Xo‘jayinimga qurbonlik qilaylik desam uncha tushunchasi bo‘lmaganiga indamadilar. Men o‘zim onamni uyiga borib bitta qo‘y so‘ydirib qurbonlik qildirsam, meni uyimda qurbonlik qilinganga o‘tadimi? Sababi biz ko‘p qavatli uyda yashaymiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qurbonlik biror joyga emas, balki nisob egasi bo‘lgan insonning zimmasiga vojib bo‘ladi. Uni qaerda so‘ydirsangiz ham sizni zimmangizdan ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:49 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar