Farzand ko‘rishni to‘xtatish

Assalomu alaykum! Qadrli ustoz-domlalar, sizlarga yana bir savol bilan murojaat kilyappan. Ushbu masala oilali barcha erkaklarga tegishli. Odatda barcha erkaklar oila qurishi bilanoq birinchi navbatda farzand ko‘rishga intiladi. Lekin xozirgi iqtisodiy vaziyatni xisobga oladigan bo‘lsak ko‘pchilik erkaklarni ikkita va uchtadan ortiq farzandni boqib o‘stirishga imkoni etmaydi. Xamda ayollarimiz xam bir farzandni tuqqanidan keyin ozgina o‘ziga kelib olmoqchi bo‘lishadi va farzand ko‘rishni to‘xtatib turishga xarakat qilishadi. Sizlardan iltimos, aytingchi, yaratguvchimiz Alloh azza va jalla bu borada biz erkaklarga nima buyurgan? Homiladorlikni oldini olish vositalaridan foydalanish, farzand ko‘rishni to‘xtatib turish va xokazolarni biz o‘zimiz rejalashtirishimiz mumkinmi? Ya’ni xozir menga ikkitadan ortiq farzand ko‘plik qiladi yoki umuman men uchtadan ortiq farzand ko‘rishni xoxlamayman deb to‘xtatib turishimiz mumkinmi? Yoki farzand bo‘lishini to‘xtatishga urinmasdan barchasini Allohning O‘ziga tavakkal qilib ya’ni bitta farzand ko‘rsam xam 10ta ko‘rsam xam Alloh shuni xoxlabdi deb xech qanday xomiladorlikni oldini oladigan vositalardan foydalanmagan xolda ayolimizga qo‘shilishimiz lozimmi? Agar umrimizni oxirigacha bunday qilsak Alloh nasib etib farzandlar ko‘payib ketsa ularni moddiy ta’minlashchi? Bittadan ortiq axli ayoli bor erkaklarchi, ular nima qiladi? Iltimos shu masalaga aniqlik kiritishga yordam bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Farzand ko‘pligida ham rizqida ham hech qanday gap yo‘q. Asosiysi ularni shariatga muvofiq tarbiyalay olishdadir. Chunki har bir insonning rizqi, umri, yashash joyi hammasini belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Alloh ularga nimanidir sabab qilib etkazib beraveradi. Bizni e’tibor qaratishim kerak bo‘lgan narsa ularning tarbiyasidir. Buni Alloh bandalariga yuklab qo‘ygan. Siz songa emas, sifatga ko‘proq e’tibor qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:50 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar